Jizzax viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Jizzax davlat pedagogika universitetida Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir hududiy trenerlar uchun uch kunlik o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

22.08.2024

184

msk_yangiliklari_in

Mazkur o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari MSK tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar a’zolarining saylov qonunchiligi va amaliyoti, shuningdek, ovoz berishda zamonaviy axborot texnologiyalari qo‘llash bo‘yicha nazariy bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan.

 

 

Respublika trenerlari tomonidan jami 48 nafar viloyat hududiy trenerlariga o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari o‘tildi. 

 

 

 

O‘qishga barcha tinglovchilar qamrab olindi. Bundan tashqari, 6 nafar zaxira trenerlar ham o‘quvlarga jalb etilib, o‘quv va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

 

Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasi Matbuot markazi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur