Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari yakuni bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tda

24.10.2024

199

msk_yangiliklari_in

Brifingni matbuot markazi rahbari Farhod Ne’matov olib bordi.

 

Viloyat HSK raisi Shavkat Sharipov muddatidan oldin ovoz berish jarayonining qanday tashkil etilgani, jarayon va yakuni bo‘yicha jurnalistlarga atroflicha ma’lumot berdi.

 

           

 

Jumladan, Jizzax viloyat HSK tomonidan muddatidan oldin ovoz berish boshlanishiga kamida uch kun qolganida viloyatimizdagi 553 ta uchastka saylov komissiyalari saylov uchastkasidagi ovoz beruvchi fuqarolar umumiy sonining 10 foizi miqdorida muddatidan oldin ovoz berish uchun byulletenlar hamda konvertlar bilan ta’minlandi.

 

Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 6993 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi.

 

Muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarida qonun buzilish holatlari qayd etilmadi.

 

           

 

         

 

Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur