JIZZAX VILOYATI KENGASHIGA NOMZODLAR RO‘YXATGA OLINDI

20.09.2024

270

msk_yangiliklari_in

Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha xalq deputatlari viloyat hamda tuman, shahar Kengashi deputatlariga nomzodlarni ro‘yxatga olish masalasi ko‘rib chiqildi.

 

 

Yig‘ilishni hududiy saylov komissiyasi raisi Shavkat Sharipov olib bordi. Kun tartibidagi masala yuzasidan hududiy saylov komissiyasi kotibi Dilshod O‘ralov axborot berdi. Siyosiy partiyalardan Saylov kodeksiga muvofiq “e-saylov” tizimi orqali viloyat Kengashi deputatligiga nomzodi ko‘rsatilgan 200 nafar nomzodning ism familiyasini o‘qib tanishtirdi.

 

Hududiy saylov komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodlar Saylov kodeksiga mos ravishda ko‘rsatilganligi o‘rganildi.

 

Partiya vakillari hududiy saylov komissiyasi a’zolarining savollariga atroflicha javob berdilar.

 

Muhokamalardan so‘ng, viloyat Kengashi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur