JIZZAXDA NAVBATDAGI O‘QUV-MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILMOQDA

26.08.2024

177

msk_yangiliklari_in

JDPU da Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining saylovlarini o‘tkazuvchi viloyatimizdagi okrug saylov komissiyasi rais, rais o‘rinbosari va kotiblari uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘quv-mashg‘ulotlarining ikki kun davom etadigan 7-bosqichiga start berildi.

 

Beshta kichik guruhlarga bo‘lingan 120 nafar ishtirokchilarga 10 nafar trenerlar tomonidan saylov tizimiga kiritilgan o‘zgarishlar, aralash saylov tizimining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari, saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish va ushbu ro‘yxatlar bilan ishlashda saylov komissiyalari oldida turgan vazifalar, saylov komissiyalari binolari va ovoz berish xonalarini jihozlashga qo‘yilgan talablar, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil yetish, ovoz berish kuniga tayyorgarlik bo‘yicha batafsil tushuncha va ma’lumotlar berilmoqda.

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur