Bugun mamlakatimiz ertasi uchun muhim siyosiy jarayon. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kuni. Saylovni o‘tkazish uchun Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasi O‘zbekiston madhiyasi ostida o‘z ishini boshladi.
Komissiya a’zolari o‘zlarining vazifalariga kirishdi. Hududiy saylov komissiyasi a’zolari va matbuot markazi saylovni har jihatdan puxta va yuqori saviyada o‘tishiga e’tibor qaratmoqda.
Barcha tuman va shahar uchastkalari ham saylovchilarni kutib olishga tayyor.
Jizzax viloyati HSK
Matbuot markazi