Qisqa muddatli xalqaro kuzatuvchilar Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)
Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi vakillari – Fordal Lars va Ni Fhagain Orla, AQSHning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini kuzatish vakili – Kathleyen Murprhey Jizzax viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayonlari qanday ketayotganini o‘rganmoqda.
Hududlardagi saylov komissiyalarida saylovga tayyorgarlik jarayonini o‘rgangan xalqaro kuzatuvchilar Hududiy saylov komissiyasida bo‘lib, brifingda ishtirok etishdi.
Brifingdan so‘ng, qisqa muddatli Xalqaro kuzatuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga HSK raisi Shavkat Sharipovdan atroflicha javob olishdi.
Jizzax viloyati HSK
Matbuot markazi