Yig‘ilishni Jizzax Hududiy saylov komissiyasi raisi Shavkat Sharipov olib bordi.
Yig‘ilishda viloyat saylov okruglari va uchastkalarini uzliksiz elektr-energiyasi bilan ta’minlash, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiyot xodimlari va zaruriy dori-darmon ajratish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, siyosiy partiyalarning, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining kuzatuvchilarini ro‘yxatga olish va ularga mandatlarni berish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Birinchi masala yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali bosh muhandisi o‘rinbosari Axmat Karaboyevning axboroti tinglandi.
Ikkinchi masala yuzasidan Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Xurshid Saidov komissiya a’zolariga ma’lumot berdi.
Uchinchi masala yuzasidan saylov kotibi Dilshod O‘ralovning axboroti tinglandi.
Komissiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.