Jizzax viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

SAYLOVGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISHGA DOIR O‘QUV-AMALIY MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILDI

25.08.2024

460

msk_yangiliklari_in

Jizzax Davlat pedagogika universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar saylovini o‘tkazuvchi tuman (shahar) hamda okrug saylov komissiyalarining raislari, rais o‘rinbosarlari va kotiblari uchun saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

 

 

Ikki kun davom etgan mashg‘ulotlar davomida hududiy trenerlar tomonidan saylovlarni tashkil etish, saylov qonunchiligidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar, xalqaro tajriba va milliy amaliyot, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari, saylov jarayonida vujudga keladigan turli masalalar, ularni hal yetish choralari haqida ma’ruzalar o‘qildi.  

 

 

 

Shuningdek, uchastka saylov komissiyasining ovoz berish kunidagi faoliyati, ovozlarni sanab chiqish va bayonnomalarni to‘ldirish kabi jarayonlar amaliy mashg‘ulotlar orqali tushuntirildi.

 

Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasi Matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur