Viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida uchastka saylov komissiyalarining raislari, rais o‘rinbosarlari hamda kotiblari uchun o‘quv-seminar treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

07.09.2024

89

msk_yangiliklari_in

Hududiy trenerlar tomonidan saylov tizimiga kiritilgan o‘zgarishlar, aralash saylov tizimining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari, saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish va ushbu ro‘yxatlar bilan ishlashda saylov komissiyalari oldida turgan vazifalar, saylov komissiyalari binolari va ovoz berish xonalarini jihozlashga qo‘yilgan talablar, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil yetish, ovoz berish kuniga tayyorgarlik bo‘yicha batafsil tushuncha va ma’lumotlar berilmoqda.

 

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur