Xalqaro kuzatuvchilar Jizzax viloyatida

03.10.2024

141

msk_yangiliklari_in

Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi vakillari – Mari-Terez Karlen va Sergey Rigi Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 

 

Xalqaro kuzatuvchilar saylov o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, komissiya a’zolari xonasi, matbuot markazi va yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

 

Shuningdek, saylov uchastkalarida saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishni tashkil etilishi, shu kunlarda bo‘layotgan barcha tashkiliy ishlar haqida komissiya raisi Shavkat Sharipov va komissiya raisi o‘rinbosari hamda kotibidan atroflicha ma’lumot oldi.

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur