Xalqaro kuzatuvchilar saylovga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganmoqda

11.10.2024

167

msk_yangiliklari_in

Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi vakillari – Mari-Terez Karlen va Sergey Rigi Jizzax viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayonlari qanday ketayotgani bilan tanishmoqda.

 

     

 

Hududlardagi saylov komissiyalari faoliyatini o‘rgangan xalqaro kuzatuvchilar 11-oktyabr kuni Hududiy saylov komissiyasida bo‘lib, Komissiya raisi Shavkat Sharipov, rais o‘rinbosari To‘lqin Yunusov hamda komissiya kotibi Dilshod Uralov bilan suhbatlashdi.

 

Suhbat jarayonida Mari-Terez Karlen saylovga tayyorgarlik jarayoni ularda ijobiy xulosa qoldirayotganini e’tirof etdi.

 

Shuningdek, xalqaro kuzatuvchilar muddatidan oldin ovoz berish tartibi, saylov uchastkalarida jarayonning tashkil etilishi kabi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga HSK raisi Shavkat Sharipovdan atroflicha javob olishdi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur