Айрим бўшаб қолган ўринларга маҳаллий Кенгашлар депутатларининг сайловини тайинлаш тўғрисида

26.11.2025

28

msk_yangiliklari_in

Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссиясининг 2025 йил 19 ноябрдаги “Айрим бўшаб қолган ўринларга маҳаллий Кенгашлар депутатларининг сайловини тайинлаш тўғрисида”ги 1453-сонли қарорига асосан Жиззах вилоятининг қуйидаги жадвалда кўрсатилган сайлов округида халқ депутатлари маҳаллий Кенгашларининг айрим бўшаб қолган депутатлик ўринлари учун 2025 йил 21 декабрь, якшанба куни янги сайлов бўлиб ўтади.

 

Mahalliy kengash nomi

Saylov okrugi nomi va manzili

Saylov uchastkasi tartib raqami

Saylov uchastkasi manzili

Saylov uchastkasi chegaralari

1.

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi

2-Obod saylov okrugi

 

Jizzax shahri,

A.Navoiy MFY, O‘zbekiston ko‘chasi, 5a-uy, 3-son ixtisoslashgan maktabi binosi

11-uchastka

Nurliobod mahallasi, X.Shodiyev ko‘chasi, 27-uyda joylashgan 13-son umumta’lim maktabi binosi.

Jizzax shahrining Nurliobod, fuqarolar yig‘inlari chegaralarida.

12-uchastka

Mirzo Ulug‘bek mahallasi, Yo.Bekmurodov ko‘chasi, 6-uyda joylashgan 18-son umumta’lim maktabi binosi.

Jizzax shahrining M.Ulug‘bek, mahalla fuqarolar yig‘inlari chegaralarida.

15-uchastka

Zahiriddin Muhammad Bobur mahallasi, Yangi yer ko‘chasi,

84-uyda joylashgan

5-son umumta’lim maktabi binosi

Jizzax shahar Z.M.Bobur mahallasining Sh.Umarov, M.Kashkariy, Al.Buxoriy, A.Kodiriy, Temur Malik,  Olimpiyada,  Zarafshon, I.Karimov, Zarafshon ko‘chasidagiko‘p qavatli uylar, I.Karimov ko‘chasi 1,2,3-uylar, Tinchlik-1 ko‘chasi va ko‘p qavatli uylar chegaralarida.

16-uchastka

Zahiriddin Muhammad Bobur mahallasi, Q.Imomov ko‘chasi,19-uyda joylashgan

21-son umumta’lim maktab binosi

Madaniyat mahallasining Toshkent, Toshkent ko‘chasi ikki qavatli 9-uy, 11-uy, Oltinobod, Mashrab, Utror, Turttol, Ogoxiy, Gaznaviy, Sayxun, Xulkar, Shaftolizor, A.Navoiy, Begobod, Ittifok, Fargona, Toshxovuz, Paxtakor, Yangiyer, Paxtakor ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar, Yangiyer ko‘chasidagi 1,2,3 ko‘p qavatli uylargacha bo‘lgan xududi chegaralarida.

17-uchastka

Madaniyat ko‘chasi, Q.Imomov ko‘chasi,

36-uydagi joylashgan

2-son musiqa va san’at maktabi binosi

Jizzax shahar Madaniyat mahallasining Yangi yer ko‘chasidagi 4,5,6,7,9,27,28-ko‘p qavatli uylar va Bunyodkor, M.Yusupov, Sayilgoh ko‘chalaridagi barcha ko‘p qavatli uylar, Kimyogar mahallasining Sayilgoh ko‘chasidagi 1,2,3-ko‘p qavatli uylar, To‘qimachilar ko‘chasidagi 3,4,5,6,7,8,8A-ko‘p qavatli uylar chegaralarida.

18-uchastka

Kimyogar mahallasi, To‘qimachilar ko‘chasi, 45-uyda joylashgan

4-son umumta’lim maktabi binosi.

Jizzax shahar Kimyogar mahallasining Sayilgox ko‘chasidagi 4,5,6,7 A,8,9,10-a-uylar va To‘qimachilar ko‘chasi 9,10,6, 11,12,13,14,-15,16,17,18,29,30,30-a,31,31-,32,33,34,35,37,39,41,-43,45,8-uylar chegaralarida.

19-uchastka

Alisher Navoiy mahallasi, N.O‘ralov ko‘chasi, 65-uyda joylashgan

3-son umumta’lim maktabi binosi

Jizzax shahar Alisher Navoiy nomli mahalla hududi to‘liq.Kimyogar mahallasining To‘qimachilar ko‘chasi 25-a 7-b, A.Navoiy ko‘chasi 5-a,22-uylar, Birodarlik ko‘chasida 26 ta xovli, Kimyogarlar ko‘chasida 20 ta xovli, Zulfiya ko‘chasida 18 ta xovli va Kichik Toshloq ko‘chasida 6 ta xovlilargacha xududi chegaralarida.

21-uchastka

Obod mahallasi, M.Ortikov ko‘chasi 122-uyda joylashgan

27-sonli umumta’lim maktabi binosi

Obod mahallasining Minorali, Ko‘tarma, Bekabod ko‘chalari, I.Buxoriy, Zarqaynar, Mehribonlik, Yoshlik ko‘chalari to‘liq, 2/4 M/T 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10, 11,12,19,20-uylari, To‘qimachilar ko‘chasi 72,73,1/6-a uylari, Obod mahallasining To‘qimachilar ko‘chasining 2,3,3a,4,5,6,74, 83,83a,83b-uylari chegaralarida.

22-uchastka

Obod mahallasi, Islom Karimov shoh ko‘chasi,

7-uyda joylashgan 1-son Musiqa va sa’nat maktabi binosi

Jizzax shahar Obod mahallasining Minorali 2, Ko‘tarma 2, Bekabod ko‘chalarining 2-, Chilangar, To‘quvchilar, Bog‘ ko‘cha, Qo‘shariq, Tutli, I.Karimov ko‘chasiagi 1,18/5,18/6,18/7-uylari,Obod mahallasining Afrosiyob, I.Karimov shoh ko‘chasidagi 101,101a, 101b, To‘qimachilar 33,34,84,85,86,2-a,3-b,1,1-a,94,96,100-uylari hududi chegaralarida.

 

2025 йил 21 декабрь куни бўлиб ўтадиган сайловга тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш билан боғлиқ тадбирлар бўйича Жиззах вилояти ҳудудий сайлов комиссиясининг jizzax.saylov.uz сайти орқали танишиб бориш мумкин.

 

Эслатма!

 

1. Сайлов кунига қадар ёки сайлов куни 18 ёшга тўлган Ўзбекистон Республикасининг фуқаролари сайлаш ҳуқуқига эгадир;

 

2. Сайлов бюллетени сайловчининг шахсини тасдиқловчи ҳужжати асосида тегишли сайлов участкасининг сайловчилар рўйхатига киритилган фуқароларга берилади;

 

3. Овоз бериш сайлов куни соат 8:00 дан 20:00 гача ўтказилади.

Изоҳ қолдириш учун :One-ID тизимидан рўйхатдан ўтишингиз зарур