Jizzax viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING RAISI – JIZZAXDA

06.09.2024

34

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev va Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Adham Ibodullayev Jizzax viloyatida bo‘lib, vohada joriy yilning 27-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

 

 

 

 

Shu kuni Zayniddin Nizamxodjayev viloyat hududiy saylov komissiyasi binosida Jizzax shahridagi mahallalar faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Yig‘ilganlarga saylov tizimidagi yangiliklar, aralash saylov tizimining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berdi.

 

Shuningdek, hududiy saylov komissiyasi faoliyati, ularga yaratilgan shart-sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdi. Viloyat hududiy saylov komissiyasi a’zolari bilan uchrashuvda muhim siyosiy kampaniyaga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni yuqori saviyada o‘tkazish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

 

 

 

Jizzax viloyat HSK Matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur