Saylov ishlariga tayyorgarlik avj pallada

28.09.2024

162

msk_yangiliklari_in

Mamlakatimiz bo‘ylab joriy yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

 

Jizzax viloyatida ham saylov ishlariga tayyorgarlik avj pallada. Viloyatimiz hududida jami 553 ta saylov uchastkasi tuziilgan bo‘lib, uchastka komissiyalari faoliyat olib borishi uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan binolar ajratilgan. Jumladan, maktablarda 442 ta, oliy o‘quv yurtlarida 4 ta, mahalla guzari va binolarida 15  ta, harbiy qism va ozodlikdan mahrum etish muassasalarida 10  ta, shifoxonalarda 9 ta, kollej, litsey va texnikumlarda 22  ta, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda 11 ta, madaniyat va sport markazlarida 25  ta, adliya va DXMlarida 9  ta va tadbirkorlik subyektlari binolari 6 ta joylashtirildi.

 

 

Ushbu binolarda ovoz beruvchilar uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratildi.

 

 Viloyatdagi 553 ta saylov uchastkalariga 5513 nafar a’zo biriktirilgan bo‘lib, ularning 4454 nafari yoki 79,7 foizi oldingi saylovlarda qatnashgan bo‘lsa, 1129 nafari yoki 20,2 foizi birinchi marta siyosiy tadbirda ishtirok etmoqda.

 

Komissiya tarkibida ayollar ishtirokiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, tarkibning 2499 nafar yoki 44,7  foizi ayollardan iborat. Shundan rais ayollarimiz 84 nafarni, rais o‘rinbosari bo‘lgan ayollar 227 nafarni, kotib ayollar 176 nafarni tashkil qiladi.

 

 

Shuningdek, 79 nafar nogironligi bor shaxslar, 831 nafar axborot kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislaridan iborat, nafaqadagilar esa 282 nafar. 

 

USKning rais, rais o‘rinbosari va kotiblari uchun tashkil etilgan o‘quv seminarlarida markaziy va hududiy trenerlar tomonidan saylov tizimiga kiritilgan o‘zgarishlar, aralash saylov tizimining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari, saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish va ushbu ro‘yxatlar bilan ishlashda saylov komissiyalari oldida turgan vazifalar, saylov komissiyalari binolari va ovoz berish xonalarini jihozlashga qo‘yilgan talablar, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil yetish, ovoz berish kuniga tayyorgarlik bo‘yicha batafsil tushuncha va ma’lumotlar berildi.

 

USK a’zolari olgan bilimlari natijasi o‘laroq, saylov uchastkalarida saylovga tayyorgarlik ishlarini aniq, o‘z vaqtida amalga oshirib kelishmoqda.

 

 

Jizzax viloyati HSK

matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur