Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

06.08.2024

835

msk_yangiliklari_in

Unda siyosiy partiyalarning tegishli hujjatlarini ko‘rib chiqish va vakolatli vakillarini ro‘yxatga olish, ularga ro‘yxatga olinganlik mandatlarini topshirish masalasi muhokama etildi.

 

Yig‘ilishni viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Shavkat Sharipov olib bordi.

 

 

Kun tartibidagi masala yuzasidan Jizzax viloyati HSK kotibi Dilshod O‘ralov axborot berdi.

 

Qayd etilishicha, viloyatimizda faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari o‘z vakolatli vakillarini tayinlab, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ilk bor “E-saylov” axborot tizimi orqali Jizzax viloyati HSKga murojaat qilgan.

 

 

Yig‘ilishda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat bo‘limi rahbarlari tomonidan tavsiya etilgan vakolatli vakillarning tegishli hujjatlari ko‘rib chiqilib, vakolatli vakillarni ro‘yxatga olish hamda ularga belgilangan shakldagi mandatni berish haqida qaror qabul qilindi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur