Viloyatimizdagi barcha saylov uchastkalarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda.
Jumladan, Zafarobod tumanidagi 276-saylov uchastkasi hamda 284-saylov uchastkasida saylovni qonunchilik talablari asosida o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Xatlov asosida Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantirilmoqda.
Uyma-uy yurish jarayonida saylovchilarning umumiy soni, ularning saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lishi yoki bo‘lmasligi, saylov uchastkasiga bora olmaydigan bemorlar va boshqa saylovchilarning ro‘yxati ham shakllantirilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hudud bo‘yicha 1 ming 710 nafar saylovchi bo‘lib, shundan 43 nafarini birinchi marta ovoz beruvchilar tashkil etadi. 10 nafari yotib qolgan va yolg‘iz keksalardan iborat bo‘lib, ovoz berish ularning uylarida tashkillashtirilishi rejalashtirilgan.
Saylovchilarga saylov qonunchiligi yuzasidan zarur ma’lumotlar yetkazilmoqda.