Jizzax viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida uchastka saylov komissiyalarining raislari, rais o‘rinbosarlari hamda kotiblari uchun o‘quv- seminar treninglar boshlandi.

05.09.2024

35

msk_yangiliklari_in

Hududiy trenerlar tomonidan ishtirokchilarga ushbu siyosiy jarayonning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, saylov tizimidagi yangiliklar, aralash saylov tizimining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari, saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish, saylov komissiyalari binolari, ovoz berish xonalarini jihozlashga qo‘yilgan talablar, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovoz berish kuniga tayyorgarlik, xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar hamda vakolatli vakillarning huquq va majburiyatlari bo‘yicha batafsil tushuncha va ma’lumotlar berilmoqda.

 

 

 

Shuningdek, MSKning qarorlari bilan qo‘yiladigan talablar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining o‘ziga xos xususiyatlari tushuntirilmoqda.

 

Paxtakor, Zafarobod va Do‘stlik tumanlarida o‘tgan  seminar treninglardan fotolavhalar.

 

 

 

 

Jizzax viloyat HSK Matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur