Jizzax viloyat hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

10.10.2024

146

msk_yangiliklari_in

Yig‘ilishni Jizzax Hududiy saylov komissiyasi raisi Shavkat Sharipov olib bordi. 

 

Yig‘ilish kun tartibida beshta masala ko‘rib chiqildi.

 

Jumladan, kun tartibidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida viloyat okruglari va uchastkalariga internet tarmoqlari, aloqa xizmati ulanishi va kuzatuv kameralarni ulanishi bo‘yicha ko‘rilayotgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan Raqamlashtirish texnalogiyalari vazirligi Jizzax viloyati hududiy shu’basi rahbari Maxmudjon G‘iyosov axboroti tinglandi.

 

             

 

Shuningdek, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, mayor Abdujalol Norboyev va viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Suxrob Ergashevning saylov jarayonida viloyat okruglari va uchastka saylov komissiyalarida xavfsizlik choralarini tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotlari tinlandi.

 

Komissiya a’zolari xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga doir saylov byulleteninig shakli, matni va tavsifini ko‘rib chiqdilar. 

 

Bu masala bo‘yicha Hududiy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari To‘lqin Yunusov ma’lumot berdi.

 

Viloyat Hududiy saylov komissiyasi kotibi Dilshod Uralov bir mandatli saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod N.A.Muxtorovaning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida ma’lumot berdi.

 

Shuningdek, komissiya yig‘ilishida xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxat olish to‘g‘risidagi masala ham muhokama etildi.

 

Komissiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

         

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur