Jizzax viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Jizzax viloyat hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

15.08.2024

161

msk_yangiliklari_in

Majlisda xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.

 

Yig‘ilishni viloyat HSK raisi Shavkat Sharipov olib bordi. Kun tartibidagi masala bo‘yicha Jizzax viloyati HSK raisi o‘rinbosari To‘lqin Yunusov axborot berdi.

 

 

Xalq deputatlari viloyat kengashi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi 40 ta okrug saylov komissiya a’zolari (jami 390 nafar) tarkibi xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari sessiyalarida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun e-saylov.uz tizimi orqali hududiy saylov komissiyasiga yuborilgan.

 

E’tiborli jihati Okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarning ko‘pchiligi avvalgi saylovlarda qatnashgan.

 

Majlisda xalq deputatlari viloyat kengashi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi 40 ta okrug saylov komissiyasi a’zolari tarkibi tasdiqlandi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur