Jizzax viloyatidagi jami 553 ta uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda

07.10.2024

131

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 27-maydagi 1331-son qarori va mazkur Qaror bilan tasdiqlangan “Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasi”ga muvofiq Jizzax viloyatidagi jami 553 ta uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.

 

Mashg‘ulotlarni respublika trenerlari kuzatuvi ostida uchastka raisi, kotib va rais o‘rinbosari olib bormoqda.

 

Ishtirokchilarga aralash saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, ovoz berish kuniga tayyorgarlik, xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar hamda vakolatli vakillarning huquq va majburiyatlari, ovozlarni sanab chiqish va natijalarni belgilash, saylov tizimidagi yangiliklar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berilmoqda.

 

O‘quv mashg‘ulotlari saylov bo‘yicha maxsus qo‘llanma va videodarslardan samarali foydalangan holda savol-javob tarzida olib borilmoqda.

 

Har bir uchastka kesimida o‘quv reja jadvali tasdiqlangan bo‘lib, o‘quvlar 2-oktyabrdan 12-oktyabrga qadar davom etadi.

 

 

 

 

 

Jizzax viloyati HSK

 

Matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur