85 YOSHLI ESANBEK PALVONOV BIRINCHILARDAN BO‘LIB OVOZ BERDI

27.10.2024

169

msk_yangiliklari_in

Forish tumani, Uxum qishlog‘i, mushkibiryon mahallasida yashovchi “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni sohibi Esanbek Palvonov saylovda birinchilardan bo‘lib ovoz berdi.

 

– Saylovdan oldin, siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarning saylovoldi dasturi bilan tanishib chiqdim, – deydi Esanbek Palvonov. – Qarib barcha hududimizdan saylanayotgan deputatlikka nomzodlar qishlog‘imizga kelib, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Ular bilan savol-javoblar qildik. OAVda ham siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqotini doimiy kuzatib bordim. Hozir esa, Vatan oldidagi fuqarolik burchimni bajarib, o‘zim lozim topgan munosib nomzodlarga birinchilardan bo‘lib ovoz berdim.

 

Jizzax viloyati HSK

 

Matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur