21-dekabr — muhim sana yaqinlashmoqda. Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputatlari sayloviga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Bugun Hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari T. Yunusov 2-“Obod” saylov okrugiga qarashli saylov uchastkalarida bo‘lib, yaratilgan sharoitlarni bevosita o‘rganib chiqdi.

Asosiy e’tibor saylovchilar uchun qulay va shaffof muhit yaratishga qaratildi. Mavjud muammolar joyida bartaraf etilib, uchastka raislari bilan samimiy muloqot olib borildi hamda zarur tashkiliy tavsiyalar berildi.

Maqsadimiz bitta — saylovlarni yuqori saviyada, ochiq va adolatli tarzda o‘tkazish!