Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasi matbuot markazida saylovga tayyorgarlik jarayonlari, ayni kunlarda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida Xalqaro kuzatuvchilar – Mari-Terez Karlen va Sergey Rigi, viloyat HSK raisi o‘rinbosari To‘lqin Yunusov, kotib Dilshod Uralov hamda mahalliy va markaziy OAV vakillari ishtirok etdi.
Anjuman avvalida hududiy saylov komissiyasi raisi Shavkat Sharipov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan viloyatdagi OAV vakillariga belgilangan namunadagi guvohnomalarni topshirdi.
Shundan so‘ng Shavkat Sharipov saylovga tayyorgarlik jarayonlari qanday ketayotgani, saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi.
Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi. Matbuot anjumani savol-javoblarga boy, qiziqarli tarzda o‘tdi.
Jizzax viloyati HSK
Matbuot markazi