Jizzax viloyatida saylov qonunchiligi bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi

08.07.2026

422

msk_yangiliklari_in

Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasi tomonidan saylov qonunchiligi va huquqiy savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.

 

 

Unda viloyat hududiy saylov komissiyasi a’zolari, tuman va shahar saylov komissiyalari raislari hamda kotiblari ishtirok etdi. 

 

 

Seminarda saylovlarni qonunchilik talablari asosida tashkil etish, saylov hujjatlarini yuritish, SJBAT axborot tizimidan samarali foydalanish, saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish va aniqlashtirish, shuningdek, ovoz berish jarayonlarini shaffof va ochiq tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

 

 

Shuningdek, 2024-yilgi saylovlar yakunlari yuzasidan tajriba almashilib, mahalliy Kengashlar deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlariga saylovlarni tashkil etish, uchastka saylov komissiyalari faoliyati hamda OAV, kuzatuvchilar va mas’ul idoralar bilan hamkorlikni yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. 

 

 

Tadbir yakunida saylov jarayonlarida qonun ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, saylov komissiyalari a’zolarining huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

 

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur