O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 11-sentabrdagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1446-sonli qaroriga asosan 1-Ziyokor saylov okrugidan Sharof Rashidov tumani Xalq deputatlari mahalliy Kengashining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun 2025-yil 19-oktabr, yakshanba kunida saylov bo‘lib o‘tadi.
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir tadbirlarni yoritish maqsadida OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tish uchun “E-saylov” axborot platformasi orqali Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman saylov komissiyasiga murojaat qilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.