30.01.2026

62

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 13-yanvardagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1457-sonli qaroriga asosan 30-«Paxtakor» saylov okrugidan Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rini uchun 2026-yil 15-fevral, yakshanba kunida saylov bo‘lib o‘tadi.

 

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir tadbirlarni yoritish maqsadida OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tish uchun “E-saylov” axborot platformasi orqali Jizzax viloyati hududiy  saylov komissiyasiga murojaat qilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur