UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYALARINING TARKIBI TASDIQLANDI

16.09.2024

255

msk_yangiliklari_in

Jizzax viloyati HSKning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha uchastka saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

 

Yig‘ilishni viloyat HSK raisi Shavkat Sharipov olib bordi.

 

 

Kun tartibidagi masala bo‘yicha viloyat HSK raisi o‘rinbosari To‘lqin Yunusov axborot berdi. 

 

Qayd etilishicha, xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari, harbiy qismlar komandirlari, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari rahbarlari tomonidan uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar ko‘rib chiqilib, tasdiqlash uchun “E-saylov” axborot tizimi orqali HSKga yuborilgan. 

 

 

 

Muhokamalardan so‘ng,  O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 20- va 23-moddalari hamda MSK tomonidan  tasdiqlangan “Uchastka saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq,

viloyat HSKning “Uchastka saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” gi  qarori qabul qilindi.

 

 

Jizzax viloyati HSK matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur